17:41 / 02.10.2022
1 821

So‘kong‘ich IIB xodimi qo‘lga olindi

So‘kong‘ich IIB xodimi qo‘lga olindi
Videodan kadr.
Oqqo‘rg‘onda sobiq IIB xodimi butun o‘zbekistonliklarni haqorat qilgani audiosi tarqalgandi.

Mazkur holat IIBB tomonidan o‘rganildi, ma’lum bo‘lishicha audio yozuv tegishli ekani aytilayotgan fuqaro, 1992 yilda tug‘ilgan A.Sulaymonov, 2022 yilda Oqqo‘rg‘on tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan.

Yosh xodim ko‘p o‘tmay xizmat faoliyati davomida o‘zini salbiy tomondan ko‘rsatganligi va noo‘rin xatti-harakatlari sababli ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

«Bir ayol bilan janjallashib qolgandim. U menga telefon qildi. U paytda mast edim. Jahl ustida nima deganimni o‘zim bilmadim. Butun Oqqo‘rg‘on aholisidan, butun o‘zbekistonliklardan bir umr kechirim so‘rayman. Bu ishimdan pushaymonman», deydi u.

Fuqaro A.Sulaymonovga nisbatan 02.10.2022 yil Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi sifatida JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat