
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat IIB hamda prokuratura xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
4 oktabr kuni Samarqand shahridagi «STATUS» advokatlik hay’ati advokati, 1981 yilda tug‘ilgan H.A. mahalliy fuqaroning sud tomonidan ko‘rib chiqilgan avtomashina olti-sotdisi bo‘yicha firibgarlik yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini appelyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqilishida yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 9 million so‘m hamda mazkur jinoyat ishini fuqaroning foydasiga hal qilish evaziga sudyaga berish uchun 3000 AQSH dollari miqdoridagi pul berishini talab qilgan.
O‘tkazilgan faol tadbir davomida H.A. mahalliy fuqarodan 4000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Hozirda, advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar