23:06 / 07.10.2022
949

MIB: “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasidan 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlarga to‘lab berildi

MIB: “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasidan 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlarga to‘lab berildi
Bu haqida bugun 07 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari bilan “Byuro organlari faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan yangiliklar va ijro etishning muqobil usullari” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Byuro organlari tomonidan o‘tgan davrda jami 21,8 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirilib, amalda bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,7 trln so‘mga oshgan.

Birgina, davlat foydasiga 8,5 trln so‘m, tadbirkorlik va boshqa sub’ektlari foydasiga 6 trln. so‘m, banklarga 5,8 trln. so‘m va fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1,4 trln. so‘mdan ortiq undiruvlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 1 iyun kunidan ishga tushirilgan axborot texnologiyalari yordamida muqobil ravishda va masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmasdan hamda fuqarolarning mol-mulklariga dahl qilmasdan 300 mingga yaqin hujjatlarning ijrosi amalda ta’minlandi.

Masalan, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 416,4 mlrd so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69,1 mlrd. so‘m ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi.

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 1 trln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirildi, shundan 9,2 mlrd. so‘mlik 61 ta uy-joy va 636,6 mln. so‘mlik 8 ta transport vositasi aliment oluvchilarga oldindan to‘lov sifatida berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdorlarning 130 nafar undiruvchilariga “Aliment to‘lovlari” davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 1,5 mlrd. so‘m pul mablag‘i to‘lab berildi va aliment to‘lovlari bo‘yicha undiruv o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 578 mlrd. so‘mga oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasidan 1,5 mlrd. so‘m qarzdorlarga to‘lab berildi