1 435
Elektr va gazdan uzib qo‘yilganlarni qayta ulashda tegishli to‘lovlarni to‘lash bekor qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Adliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda qonunchilik hujjatlari bilan o‘rnatilgan to‘lovlarni bekor qilish taklifiga rozilik beriladi.
Sifat ko‘rsatkichlari davlat standartlariga muvofiq bo‘lmagan elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berilganda va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan uzilishi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davomiylikdan ortiq bo‘lgan uzilishlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlar qayta hisoblab chiqilishi lozim.
Energetika vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berishni cheklash va to‘xtatish tartibini buzganlik uchun energiya ta’minoti tashkilotlariga nisbatan ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar