07:55 / 09.10.2022
1 081

Navoiyda korxona mas’ullari qo‘shib yozish orqali 307,5 mln so‘mni talon-toroj qildi

Navoiyda korxona mas’ullari qo‘shib yozish orqali 307,5 mln so‘mni talon-toroj qildi
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida bazaviy stansiya qurishdagi talon-torojliklar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchquduq tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «Akbaget» ovulida «O‘ztelekom» operatori uchun bazaviy stansiya qurilishi bo‘yicha viloyat «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring» kompaniyasi va «K.P.» xususiy korxonasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan bajarilgan va qabul qilib olingan ishlar nazorat o‘lchovidan o‘tkazilgan. Shunda ushbu korxonalar mas’ul shaxslari amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali jami 307,5 million so‘mni o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda korxona mas’ullari qo‘shib yozish orqali 307,5 mln so‘mni talon-toroj qildi