15:30 / 09.10.2022
1 161

Yevropa kengashi rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Yevropa kengashi rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Foto: Reuters
Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel joriy yil oktabr oyi oxirida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Twitter tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

«Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirish va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor», – deb yozdi u.

Qayd etilishicha, Sharl Mishel dastlab, 26-27 oktabr kunlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Ostonaga tashrif buyuradi va Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashadi.

28 oktabr kuni esa Yevropa kengashi rahbari Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qiladi.

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev hamda Sharl Mishel joriy yil 4 iyul kuni telefon orqali so‘zlashib, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi so‘nggi hodisalarni muhokama qilgan.

2021 yil may oyida esa Yevropa kengashi rahbari prezident Sh.Mirziyoyevga maktub yo‘llab, YEI O‘zbekiston bilan yaqin muloqotni davom ettirish istagida sobit ekanini yana bir bor tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 31 may kuni Yevropa kengashining avvalgi rahbari Donald Tusk mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yevropa kengashi rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi