16:16 / 10.10.2022
1 794

Zoir Mirzayev: «Kuchukning uyini tillaga tenglashtirib yuboradiganlar bor»

Zoir Mirzayev: «Kuchukning uyini tillaga tenglashtirib yuboradiganlar bor»
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev 7 oktabr kuni Ohangaron shahrida o‘tkazgan sayyor qabulda noqonuniy uy qurishga ruxsat so‘rab kelgan murojaatchiga dakki berdi.

Qabulda viloyat rahbari Bo‘ka tumanidan kelgan fuqaro bilan muloqot qilgan. Murojaatchi o‘zining yashab turgan yerida uy qurmoqchiligi, lekin arxitektura bo‘limidagilar katta yo‘l bo‘yidan ma’lum uzoqlikda qurishni tavsiya bergan. Agar qursa ham bu noqonuniy bo‘lishi va vaqti kelib buzib yuborilishini aytgan. Shu bois murojaatchi viloyat rahbaridan qurilishga ruxsat berishini so‘ragan.

«To‘g‘ri-da. Ularning aytganini qiling. Ikki yildan keyin yo‘l kengaysa, uyingizni buzishga to‘g‘ri kelib qoladi», — deya javob bergan Zoir Mirzayev.

Shunda, murojaatchi, «Noqonuniy bo‘lsa ham qurib, foydalanib turaylik. Ertaga buz, desa buzaveramiz», — deya yana qurilishga ruxsat berishini so‘ragan.

«Hozir shunday deysiz. Zo‘rg‘a suyalib turgan kuchukni uyasi bo‘lsa ham birov buz, desa bir xil kishilar tillaga tenglashtirib yuboradi. Noqonuniy bo‘lsa ham quraylik, degan gapni gapirmang. Siz, oqsoqol, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan yoshdasiz. Oqsoqollar qonunni buzaylik deb tursa, biz yoshlardan nima qutaylik?», — degan viloyat rahbari.

Ushbu qabulda Zoir Mirzayev yaqinda besh million olgan ayolning murojaatini rad qilgandi. Shuningdek, murojaatchilarga avval Olmaliq va Ohangaron shahri, Ohangaron tumani hokimiga murojaat qilishni, hal bo‘lmasa, keyin viloyat rahbariga uchrashishni aytgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat