00:30 / 11.10.2022
1 354

Kamoliddin Rabbimov: «Harakatlanish tezligi tushirilgani — to‘g‘ri qaror»

Kamoliddin Rabbimov: «Harakatlanish tezligi tushirilgani — to‘g‘ri qaror»
Toshkent shahrida transport tezligi 70 km. soatdan, 60 km. soatga, ba’zi ko‘chalarda esa, 50 km. soatga tushiriladigan bo‘libdi. Bu qarordan ba’zilar norozi bo‘lishi mumkin. Lekin, butun dunyoda, aholi punktlarida (shaharlar, qishloqlar vahar qanday aholi yashaydigan punktlarda), transport harakatlanish tezligi – 50 km. soat. Bu – to‘g‘ri qaror.

Lekin! O‘zbekiston ko‘chlarida, tezlik va boshqa qoidalarni eslatuvchi belgilar umuman yetishmaydi. Dunyo davlatlarida tezlik cheklovlarini eslatib turish uchun juda ko‘p belgilar qo‘yiladi. Har qadamda belgilar bor. Belgilar juda ko‘rinarli yerlarga, bir xil balandlikda qo‘yiladi.

Toshkent va boshqa katta shaharlardagi tezlikning tushirilishi yaxshi. Lekin, shaharlararo trassalarda aholi punktlari ko‘p. Bu – katta muammo. Katta trassalardagi qatnov tezligi, davlatning iqtisodiy dinamikasiga, turizm potensialiga, ijtimoiy kayfiyatga ham ta’sir qiladi. Eng rivojlangan davlatlarda, katta trassalardagi tezlik katta, va xavfsizlik – yuqori darajada ta’minlangan. Misol uchun, Germaniyada – tezlik cheklovi yo‘q, Fransiyada – 130 km tavsiya qilinadi, AQSHda ham 120-130 km.

O‘zbekistonda esa, misol uchun, Toshkentdan Nukus yoki Xivaga borish uchun, yuzlab aholi punktlaridan 70 km. soatda o‘tishingiz kerak. Shuning uchun, odamlar qoidalarga bo‘ysunishni emas, ularni aldab o‘tishni o‘ylashadi. Hamma antiradar o‘rnatib olgan. Radar yo‘qligini bilishsa, aholi punktida ham 90-100 da yurarkan. Radarlarning ham vazifasi – qoidaga bo‘ysundirish emas, ko‘proq mablag‘ yig‘ishdek ko‘rinadi.

Chunki, ratsional davlatlarda, agar biron nuqtada odamlar ko‘p qoida buzayotgani aniqlansa, shu yerda yangi chora-tadbirlar qo‘llaniladi, va qoidabuzarlikning oldi olinadi. Lekin, O‘zbekistonda esa, qoida buzilib turadigan «nuqtalarda» yillar davomida hech narsa o‘zgarmaydi, faqat bu nuqtada turuvchi YPX xodimlari almashib navbatda turishadi, xolos.

Kamoliddin Rabbimov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat