
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo‘yicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo‘yicha eng ko‘p Toshkent shahri (4433 ta) va Farg‘ona viloyatida (3979 ta) qayd etilgan.
Shuningdek, ro‘yxatda har ming aholiga qancha ajrashish to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan.
Bir oila bunyod bo‘lguncha qancha zahmat (mahalliy sharoitda) kerak. To‘y degan marosimlardagi chiqimlar xalqni ezib yuborgan. Ajrashishlar soniga qarab yana kuyunadi, odam. Orada farzandlar bo‘lsa, ikki orada ular ovora.
Oilaning kushandasi bo‘layotgan ichkilik, bilib-bilmay taloq aytib yuborish, uchinchi shaxslarning aralashuvi, xiyonat singari illatlar tobora ko‘paymoqda. Oilaviy zo‘ravonliklar ham bu masalada yetakchi. Oiladagilarning zo‘ravonligiga chidab, farzandlarini o‘ksik tarbiyalagandan ajrashgan ma’qul. Lekin bolalarning keyingi taqdiri-chi? O‘zini eplay olmagan erkaklar aliment to‘lamasa, unda yana qiyin. Xullas, yoshlarni oilaga tayyorlash, nikoh, oila, farzand, ota-onaga mas’uliyat masalalarida qattiqroq tarbiya qilish shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar