
Kadr: Telegram
Buxoro shahri va Romitan tumanida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayollar ushlandi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Buxoro shahri ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan «Oriyat» tezkor tadbiri olib borilgan. Aniqlanishicha, Kogon tumanida yashovchi ayol Buxoro shahrida yashovchi fuqarolarga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. Ushbu xizmati uchun ayol yigitdan 100 ming olishi rejalashtirilgan.
Yana bir shunga o‘xshash holat Romitan tumanida qayd etilgan. Tuman ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda shu tumanning «Afrosiyob» mahallasida yashovchi shaxs o‘z uyida fuqarolarga intim xizmat ko‘rsatib, fohishaxona tashkil etgani, buning uchun 50 ming olishga kelishgani ma’lum bo‘ldi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 12, 2022
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro ShahriRomitan TumaniJinsiy AloqaFohishaxona TashkilIchki IshlarTezkor Tadbiri O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar