17:47 / 13.10.2022
998

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan strategik loyihani muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan strategik loyihani muhokama qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
OHICHK sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.

Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish maqsadida «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul - Peshovar» temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat