
Foto: Toshkent shahar IIBB
16 oktabr kuni poytaxtda Tashkent Global Forum tashkiloti boshchiligida 3 kmga yugurish - Business Run marafoni o‘tkaziladi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 16 oktabr soat 06:00 dan soat 11:00 gacha bir nechta ko‘chalar yopiladi.
Ushbu ko‘chalar:
- Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
- Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar