
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori (eski uy-joylar) iyul—sentyabrda 5,2 foizga, yil boshidan buyon esa 18,1 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoridagi narxlar dinamikasi:

Foto: Markaziy bank
Surxondaryo, Andijon va Toshkent viloyatlarini hisobga olmaganda barcha hududlarda o‘sish kuzatilmoqda.
III chorakdagi ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori narxlari (1 kvadrat metr / ming so‘m):

Foto: Markaziy bank
Ushbu hududlardagi narxlarning pasayganligini qolgan viloyatlar bilan solishtirilganda, nisbatan pastroq faollik kuzatilgani bilan izohlash mumkin.
Shu bilan birga, imzolangan shartnomalar sonining o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda Toshkent viloyatida 6,2 foiz, Surxondaryo viloyatida 12 foiz va qolgan barcha hududlarda 15 foizdan yuqori o‘sish kuzatilgan.
Yoz oylarida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoridagi narxlar o‘sishi sekinlashgan bo‘lsa-da, sentyabr oyida sezilarli o‘sish kuzatildi.
Mamlakatga kirib kelayotgan sayyohlar soni:

Foto: Markaziy bank
Xorijiy sayyohlarning kirib kelishi natijasida talabning oshishi, aholining ikkilamchi daromadlari, xalqaro pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, shuningdek qishloq xo‘jaligi pul tushumlarining oshishi bilan bog‘liq mavsumiy omillar narxlarning oshishiga asos bo‘lmoqda.
Mamlakatga kirib kelgan xalqaro pul o‘tkazmalari:

Foto: Markaziy bank
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyatida oldingi chorak ko‘rsatkichlariga nisbatan 12 foizlik pasayish bo‘lgan.
Shuningdek, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi birlamchi ko‘chmas mulk (yangi uy-joylar) bozor narxlarining ko‘tarilishi, xaridorlarni ikkilamchi ko‘chmas mulk (eski uy-joylar) bozoriga yo‘naltirilishidan dalolat berishi mumkin.
Bundan tashqari, depozitlar bilan bir qatorda, ko‘chmas mulk ham uzoq muddatli jamg‘arma va investitsiya uchun jozibador aktiv bo‘lib qolmoqda.
Ikkilamchi Ko‘chmas MulkToshkent ViloyatiSurxondaryo ViloyatiAndijon ViloyatiNarxlar DinamikasiSayyohlar Sonı O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar