20:19 / 16.10.2022
1 957

Davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari tasdiqlandi

Davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Davlat fuqarolik xizmatchilari namunaviy qoidalari hamda Odob-ahloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-ahloq qoidalari tartibga solinadi.

Namunaviy qoidalarga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
  • davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
  • mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
  • murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish va boshqalar.

Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25 oktabr sanasiga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-ahloq qoidalarini tasdiqlaydi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat