
Qashqadaryo viloyati hokimining ikki o‘rinbosari ishdan olindi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yuldoshev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Qobilov Anvar Eshpo‘latovich tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Akbar Eshonqulov ham vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Azizov Murodulla G‘aniyevich tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar