10:00 / 19.10.2022
1 018

Andijondagi Jahon savdo kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi Jahon savdo kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
Andijon shahar “Jahon savdo kompleksi”da tongda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati
Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktabr kuni soat 03:46da Andijon shahar, “Yorboshi” MFY, Nayman ko‘chasida joylashgan “Jahon savdo kompleksi” AJga qarashli do‘konlarda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Foto: FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati
Voqea joyiga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:56da yetib borib, yong‘in soat 04:00da to‘liq qurshab olingan, soat 04:16da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Foto: FVV viloyat boshqarmasi axborot xizmati
Yong‘in oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat