
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Nodirbek Narzullayevich Saydullayev Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Nodirbek Saydullayev 1982 yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent Moliya institutining bakalavr, 2005 yilda shu institutda magistr darajasini olgan.
U 19 yildan buyon bank ishida faoliyat ko‘rsatib keladi. Xususan, 2017-2019 yillarda «O‘zmilliybank» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Nodirbek Saydullayev 2019 yil fevralidan buyon «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Davletovuz Telegram-kanali muallifi u yosh kadr ekaniga e’tibor qaratgan.
«Nodirbek Saydullayev bungacha ham bank tizimida samarali faoliyat yuritib, hamkasblari e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgandi. Yangi lavozimda ham shu taxlitda davom etadi, O‘zbekiston bank tizimiga faqat va faqat yangiliklar, mijozlarga esa yengillik olib keladi, deb umid qilish mumkin», deya yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank raisining avvalgi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Botir Zohidov Shayxontohur tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar