
Joriy yilning 12 oktabr Qashqadaryo viloyatidagi huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyatning Koson tumanida yashovchi fuqaro Turdiyev 500 million so‘m qalbaki pulni 125 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.
Turdiyev qalbaki pullarni 4 mintaqaviy hudud 34 son manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum G‘aybullayevdan uning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandi orqali olganini aytgan.
Olib borilgan surishtiruv davomida yuqoridagi holatga 34-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkum Sh.G‘aybullayev ham ushbu guruh a’zolariga koloniyada turib telefon orqali aloqada bo‘lib, yetakchilik qilganligi aniqlanganligi sababli Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limining 12 oktabrdagi aloqa xatiga asosan, mazkur jinoiy ishga jalb qilingan.
Unga nisbatan JKning 176-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va JPKning 221-moddasi doirasida qayta hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar