Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi

Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Ma’lum qilinishicha, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari Vazirlar Mahkamasining umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga asosan belgilanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar