
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan ish yurituvga olingan hujjatlar ijrosi ta’minlash maqsadida noqonuniy yo‘llar orqali yuritimizga kirib kelgan sifatsiz dori vositalari yo‘q qilindi.
Aniqlanishicha, fuqarolar N. A va B. B. lar mo‘may pul topish ilinjida yashirin yo‘llar orqali 196 turdagi dori va tibbiyot vositalarini olib o‘tishga urinishadi. Huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ularning noqonuniy qilmishlari fosh etiladi.
Ashyoviy dalil sifatida olingan 550 mln. so‘mlik dori va tibbiyot vositalari tegishli tashkilotlar tomonidan yaroqsiz deb topiladi. Sudni xukmi bilan ayblanuvchilarga tegishli jazo tayinlandi. Aynan sudni hukmida ashyoviy dalil sifatida olingan mahsulotlarni yo‘q qilish belgilangan edi. Kuni kecha o‘tkazilgan tadbirda dori vositalari va tibbiyot buyumlar yo‘q qilindi. Amalda ijro hujjati yakunlandi.
MIB Namangan viloyati boshqarmasi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring 
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar