
Kadr: Telegram
«O‘zgidromet» mutaxassisi Erkin Abdulahatov mahalliy vaqt bilan soat 04:52 da Sirdaryo viloyatidagi harbiy qismda portlash ro‘y bergani haqida yozgandi. Mudofaa vazirligi holatga aniqlik kiritdi.
Unga ko‘ra, soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgan, talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda surishturuv ishlari olib borilmoqda.
Erkin Abdulahatovga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi aholi kuchli gumburlash, osmonning qizg‘ish rangga kirishi guvohi bo‘lgan.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 22, 2022
Portlash yuqoridagi kameraga olingan ob’ektdan 5 km uzoqlikda ro‘y bergan. Chunki chaqnashdan so‘ng akustik to‘lqin 15 sekund o‘tib ob’ektga yetib kelgan. Bu portlash va ob’ekt o‘rtasidagi masofa 5 km ekanini anglatadi. Havoda tovushning tarqalish tezligi sekundiga 335 metrga teng.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) October 22, 2022
Ta’kidlanishicha, Sirdaryo tumanida aholi yashash ob’ektlari, savdo-shoxobchalari, magazin va boshqa ijtimoiy ob’ekt deraza oynalari akustik to‘lqindan singan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar