
Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufidagi «Surxon» davlat qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan fotoqopqon ob'ektiviga noyob jonivor hisoblangan manul tushdi. Bu haqda ekoqoʻmita axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, manul— kamyob, kam oʻrganilgan kenja tur. TMXIning Qizil roʻyxatiga kiritilgan.
Tarqalishi: Qizilqum choʻlidan, Keles daryosining quyi qismidan, Surxondaryoning yuqori oqimidan, Boysuntogʻ va Koʻhitang togʻidan aniqlangan topilmalari orqali ma'lum. Biroq Oʻzbekistonga chegaradosh hududlarda – Ustyurtning Qozogʻistonga tegishli qismida, Sirdaryo boʻylab Qizilqumning sharqiy qismi va Tojikistonda ham manulning uchrashi ular ancha keng tarqalganini taxmin qilishga imkon beradi.
Yashash joylari: Tekis yonbagirlar va qoyalarga tutash keng vodiylar. Balandligi dengiz sathidan 800—1500 metrgacha boʻlgan pasttogʻlar va choʻl qoldiq togʻlari.
Soni: Oʻtgan asrning oʻrtalaridan beri Oʻzbekistonda 10 martacha uchragani qayd qilingan. Oʻzbekistonga tutash hududlarda ham tabiatan kam sonli, sanoqli darajada uchraydi.
— Shuxrat Razzakov (@ShuhratRazzakov) October 24, 2022
Ushbu jonivor oʻtgan asrning oʻrtalaridan beri Oʻzbekistonda 10 martacha uchragani qayd qilingan. Oʻzbekistonga tutash hududlarda ham tabiatan kam sonli, sanoqli darajada uchraydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar