
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 17.09.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.M.dan undiruvchi X.R.ning foydasiga ikki nafar farzandlari voyaga yetguniga qadar har oy jami daromadining 1/3 miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ushbu ijro varaqasi Byuroning Ellikkal’a tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ijro xarakatlari davomida, aliment nafaqasi bir yil davomida qarzdor ota tomonidan oyma-oy uzluksiz to‘lanib kelingan. Shunga qaramasdan, joriy yilning oktabr oyida ota tomonidan aliment nafasini oldindan to‘lab berish istagi bildirilgan.
Shu munosabat bilan, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlardan keyin qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandlariga atalgan aliment nafaqasini oldindan, ya’ni 18 yoshga to‘lgunga qadar bo‘lgan muddat uchun 170 mln. so‘m naqd ko‘rinishida to‘lab berdi.
Shu sababli, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunining tegishli moddasiga asos tugatildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar