15:06 / 26.10.2022
1 619

O‘g‘li borlar ham shunday maqomga umid qilsa bo‘ladimi?

O‘g‘li borlar ham shunday maqomga umid qilsa bo‘ladimi?
CAVOL: Meni 4 nafar farzandim bor, hammasi o‘g‘il, qizim yuq. Bilamizki qiz farzand do‘zaxdan parda bo‘ladi. Qizi borlar jannatga tushadi, deyiladi. Qizi yo‘q o‘g‘li borlar ham shunday maqomga umid qilsa bo‘ladimi yoki faqat qizi borlarga aytilganmi, bu gaplar?

JAVOB: Jannatga kirishga imon-e’tiqod va solih amallar, eng asosiysi Alloh taoloning fazlu marhamati sabab bo‘ladi. Qizi borlar albatta jannatga kirarkan, degan tushuncha to‘g‘ri emas. Hadisi sharifda kelgan bashorat esa, qizlar va opa-singillarning qadrini ko‘tarish, erkaklar himoyasi va qaramog‘ida bo‘lganidan ularga alohida e’tibor qaratish, qolaversa, el orasida qiz tug‘ilsa xafa bo‘lish holatlarini bartaraf etish ma’nolarida kelgan. Farzand qizmi o‘g‘ilmi ular Alloh taoloning bizga bergan ne’matlaridir. Bizning burchimiz ularga to‘g‘ri tarbiya berish, din-diyonatli, ilm-ma’rifatli va salohiyatli qilib o‘stirishdir. Mana shu vazifani chiroyli bajargan mo‘min-musulmonlarning oxiratda katta ajrlar olishi umid qilinadi. Qiz bolalar tarbiyasiga ziyoda savoblar va’da qilinishi — Alloh taoloning fazli marhamatidir. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat