date
views 1 422

Noqonuniy qurilgan bino-inshootlar buzdirildi

Noqonuniy qurilgan bino-inshootlar buzdirildi
Majburiy ijro byurosining Koson tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor L.N. tomonidan Koson tuman “Navbahor” MFY tuman zaxira yer fondining 368,0 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilgan imorat binosi qarzdorning hisobidan majburiy tartibda buzdirish hamda, qarzdorni ushbu yer maydonidan majburiy tartibda ko‘chirib, yer maydonini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi ijro hujjati 2022 yil 06 yanvar kuni kelib tushgan.

Ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, qarzdor noqonuniy qurilgan imorat binosini buzmagan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan mazkur ijro varaqada belgilangan noqonuniy qurilgan imorat binosini majburiy tartibda buzdirilishi, qarzdorni mazkur yer maydonidan majburiy tartibda ko‘chirilishi va qarzdorning zimmasiga ushbu o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish majburiyati yuklatilishi ta’minlanib, ijro hujjati tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy qurilgan bino-inshootlar buzdirildi