21:35 / 31.10.2022
1 575

O‘zbekiston banklarida hisob raqami ochgan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston banklarida hisob raqami ochgan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi
Joriy yil boshidan buyon 70 mingga yaqin rossiyalik O‘zbekistonda bank hisob raqamlarini ochgan bo‘lib, ularning deyarli yarmi mamlakatda ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmatiga tayanib «TASS» xabar berdi.

- Yil boshidan buyon 67 ming rossiyalik hisob raqamlarini ochdi va ularning yarmiga yaqini O‘zbekistonda doimiy ravishda faoliyat yuritmoqda, — dedi moliyaviy regulyator vakili Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovga tayanib.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rossiya norezidentlari tomonidan mamlakatda O‘zbekiston banklarining kartalariga talab yuqori.

Shu bilan birga, xorijliklar uchun sentyabr oyida joriy etilgan cheklovlarga qaramay, talab saqlanib qolayotgani, unga ko‘ra ular mamlakatda 15 kun uzluksiz bo‘lganidan keyingina hisobvaraq va kartalarni ochishlari mumkinligi qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat