00:02 / 04.11.2022
1 289

Farg‘onada 3 ming dollarni so‘mga ayirboshlayotgan noqonuniy valyutafurush qo‘lga olindi

Farg‘onada 3 ming dollarni so‘mga ayirboshlayotgan noqonuniy valyutafurush qo‘lga olindi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentining Buvayda tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda tuman markazidagi savdo do‘koni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.G‘. fuqaro S.A.ga jami 3 ming dollarni 33,7 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat