
O‘zbekistonlik olimlar charm-poyabzal sanoatida materialni qayta ishlash tezligini avtomatik boshqarish mashinasini ishlab chiqishdi. Bu haqida O‘zbekiston fanlar akadiyemiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ixtiroga patent olindi.
"Ushbu ishlanma teri xom-ashyosiga mexanik ishlov berishda ishchi vallar uzatmasi tezligini reostat yordamida materialning yuzasi bo‘yicha qalinligining o‘zgarishiga mos ravishda texnologik jarayonning tezligi avtomatik holda boshqariladi", deyiladi xabarda.
Ushbu valli texnologik mashinani qo‘llash orqali charm-poyabzal sanoatida qalinligi va kengligi xilma-xil bo‘lgan teri xom ashyolardan sifatli charm mahsulotlarini ishlab chiqarishga erishiladi.
Qayd etilishicha, bu ishlanma O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonlik OlimlarCharm-Poyabzal SanoatiMaterialni Qayta IshlashAvtomatik BoshqarishMexanika Va InshootlarTexnologik Jarayon O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar