
Suriyadagi terroristik tashkilotlardan biri a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 1995 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.M. xorijda mavsumiy ishlagan davrida Internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan.
Ularning ta’sirida 2019 yilda Suriyaga borib, «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar harakatlarda qatnashgan.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida X.M. xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi.
Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar