14:30 / 13.11.2022
1 016

Surxondaryoda olis hududlarda yashovchi o‘quvchilarni maktabga olib borib kelish uchun 26 ta Damas ajratildi

Surxondaryoda olis hududlarda yashovchi o‘quvchilarni maktabga olib borib kelish uchun 26 ta Damas ajratildi
Foto: Surxondaryo XTB matbuot xizmati
Surxondaryoning olis hududlaridagi maktab filiallarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning asosiy maktabga qatnashi uchun 26 ta Damas ajratildi.

Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mashinalar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi qarori asosida, viloyat budjetining 2022 yil I chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan sotib olingan.

Damas’lar viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 26 ta umumta’lim maktablariga berilgan bo‘lib, viloyatdagi sharoitlari mavjud bo‘lmagan maktab filialarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni asosiy maktablarga tashish uchun xizmat qiladi.

Foto: Surxondaryo XTB matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo XTB matbuot xizmati
«Kunning jaziramasi, qishning qahratonida olis maktablarga qatnaydigan 789 nafar o‘g‘il-qizlarning quvonchi cheksiz. Ular barcha sharoitlari mavjud maktablarga transport vositasida qatnashadi. Viloyatdagi 26 ta ta’mirtalab maktab filiallarining faoliyati tugatildi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat