07:03 / 14.11.2022
1 077

O‘zbekistonning 3 ta viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonning 3 ta viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
Tojikistonda 14 noyabr kuni bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Foto: Seysmoprognostik monitoring respublika markazi
Unga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 03:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,93 gradus shimoliy kenglik; 69,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 149 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Bekobod shahrida 3 ball, 33 km;
Shirin shahrida 3 ball, 33 km;
Yangiobod tumanida 3 ball, 34 km;
Yangiyer shahrida 3 ball, 48 km;
Xovos tumanida 2-3 ball, 50 km;
Bekobod tumanida 2-3 ball, 51 km;
Boyovut tumanida 2-3 ball, 51 km;
Guliston tumanida 2 ball, 68 km;
Zomin tumanida 2 ball, 69 km;
Guliston shahrida 2 ball, 70 km.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat