«Afrosiyob» poyezdi Buxoroda bir suruv qo‘yni urib yubordi

Buxorodan harakatlangan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi temir yo‘l ustida qarovsiz qolgan qo‘ylarni urib yuborgan. Bu haqda Transport prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da «Buxoro-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdi «Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3 816 kilometri 3-piketida temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr kuni soat 05:31 da «Buxoro-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdi «Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on» temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3 816 kilometri 3-piketida temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…