«Ummon» guruhi xonandasi Jasur Rafiqov 14 noyabr kuni 31 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. O‘zbek shou-biznesining bir qancha vakillari Instagram sahifasida marhum xonandani xotirlamoqda.
Aktyor Muhammadali Navro‘zov sahifasida «Ummon» guruhining sobiq xonandasi Jasur Rafiqov xotirasiga atab post qoldirdi.
Foto: Instagram
Shuningdek, Muhammadali Nazro‘zov marhum do‘sti Jasur Rafiqov haqidagi xotiralarini yodga oldi.
«Yaxshi kundan esdalik. Eslaydigan yaxshi kunlarimiz juda ham ko‘p edi, qiladigan ishlarimiz ham. Kechir, do‘stim, kech qoldim», — deb yozgan aktyor o‘z sahifasida.
Foto: Instagram
«Million» kulgi jamoasi yetakchisi Davron Kabulov marhum xonanda Jasur Rafiqov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uning san’at yo‘lidagi eng yaxshi insonlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.
Foto: Instagram
Instabloger Shahlo Alijonova ham sahifasida «Ummon» guruhining xonandasi Jasur Rafiqovga atalgan post qoldirdi. U shuningdek obunachilaridan marhum xonandani duo qilishlarini so‘radi.
Foto: Instagram
Aktrisa Yulduz Rajabova «Ummon» guruhining marhum xonandasi Jasur Rafiqovni yodga oldi va bu guruhni juda yaxshi ko‘rgani haqida muxlislariga gapirib berdi.
Foto: Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Rafiqovni so‘nggi manzilga kuzatishgani aks etgan videolar tarqaldi.
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) November 15, 2022
Xonanda Sardor Rahimxon ham o‘z sahifasida hamkasbi Jasur Rafiqov bilan bog‘liq xotiralarini bo‘lishdi.
«Aslida uni Alloh o‘ziga chaqirgan edi. Jasurga kelgan og‘ir xastalik ham faqat uni yanada Allohga yaqin qildi va ishonchim komilki, juda ko‘p go‘zal ibodat, yaxshi amallariga sabab bo‘ldi», — deb izoh qoldirgan xonanda.
Foto: Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva boshqa hamkasblari qatorida Jasur Rafiqovni duo qildi.
Foto: Instagram
«Ummon» guruhining xonandasi Zohid Risqiyevning rafiqasi Kamola Ortiqova turmush o‘rtog‘ining yaqin do‘sti, hamkasbi Jasur Rafiqov haqida post qoldirdi va muxlislaridan uning haqiga duo qilishlarini so‘radi.
Foto: Instagram
Instabloger Kamola Oripova sahifasida marhum xonanda Jasur Rafiqovni ko‘rishga borolmagani armon bo‘lib qolganini, uni xotirasida har doim yaxshi inson sifatida yodga olishini aytdi.
Foto: Instagram
Ummon guruhi1, Jasur Rafiqov1, Saraton kasalligi1, Marhum xonanda1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi