
Joriy yil 15 noyabrida Buxoro shahridagi 4-maktabda o‘qituvchi o‘quvchilarini kaltaklab dars o‘tayotganligi haqidagi video tarqalgan edi.
Viloyat XTB holat Boshqarmaning maxsus ishchi guruhi tomonidan o‘rganilganini, ayni paytda esa pedagogik faoliyatini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yganligi uchun maktab o‘qituvchisi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi.
Ushbu holatga viloyat hokimligi ham e’tibor qaratib, xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida onlayn yig‘ilish o‘tkazilgan va holat muhokama qilingan. O‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday holatlarning oldini olish borasida qat’iy topshiriqlar berilgan.
«Hozirda holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda», – deyiladi viloyat XTB Axborot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar