date
views 1 662

Toshkent viloyati IIBB «yigit talashib urishgani» aytilgan qizlar janjaliga izoh berdi

Toshkent viloyati IIBB «yigit talashib urishgani» aytilgan qizlar janjaliga izoh berdi
Kadr: Telegram
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Parkent tumanida yosh qizlarning bir-birlarini urib janjallashgani aks etgan holat yuzasidan izoh berdi.

Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, videodagi voqea 2022 yilning iyun oyida Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar — 2003 va 2004 yillarda tug‘ilgan bitiruvchi (o‘quvchi) qizlari o‘rtasida kelib chiqqan. Shu kunga qadar ular yoki yaqinlari tomonidan ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bog‘liq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.

Voqea janjalni tomosha qilgan yigit (2002 yilda tug‘ilgan S.Z.) tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.

O‘rganish davomida ushbu shaxslarning xatti-harakatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari bo‘lgani sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati IIBB «yigit talashib urishgani» aytilgan qizlar janjaliga izoh berdi