date
views 1 476

Hadisni inkor qiluvchilarning ongini zabt etuvchi kasallik

Hadisni inkor qiluvchilarning ongini zabt etuvchi kasallik
Tibbiyotda avval kasallikning manbasi, sababini davolash lozim. Simptomlarni davolash ham muhim, ammo agar siz manbani birinchi o‘ringa qo‘ymasangiz va uning o‘rniga alomatlarga e’tibor qaratsangiz, bemor azoblanishda davom etadi va kasallik faqat kuchayadi.

Hadisning sahihligini tanqid qiluvchilar haqida gap ketganda, ularning hadis borasidagi bezovtaliklari nimadan ekanini bilishimiz lozim. Albatta, biz ularning haqiqiy emasligi haqidagi da’volariga qarshi turishimiz mumkin va shart. Bu juda muhim. Ammo asosiy sababni bartaraf qilmagunimizcha, bizning sa’y-harakatlarimiz cheklangan bo‘ladi.

Masalan, ayrimlar ba’zi hadislarni ilmga to‘g‘ri kelmaydigan deb hisoblab, ularning sahihligiga tajovuz qiladilar. Bunday kishilar bilan hadisni tasdiqlashning nozik tomonlarini muhokama qilish shunchaki alomatlarni davolash bilan barobardir. Agar siz ularni bir nuqtada rad qilsangiz, ular tezda buni unutib, keyingi da’volarga o‘tishadi.

Biroq, ularning ongini qiynayotgan kasallik tuzalmaydi va aslida yanada ko‘proq gazaklab, madda olmoqda. Nega? Chunki ular oz vaqtdan so‘ng Qur’onda ham zamonaviy ilmiy fikrga zid deb ko‘rilishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p oyatlar borligini “topish”lari va tez orada Qur’onni rad etishlari ham ehtimoldan uzoq emas.

Aslida, hadislarni rad etishda hadis mazmuniga oid barcha «muammolar» Qur’onda ham ko‘p uchraydi. Hadisni ilm-fanga, ayol huquqlariga, modernizm odob-axloqiga va hokazolarga zid deb tanqid qilganlar Qur’onni ham xuddi shu asosda tanqid qiladi.

U holda hadisni inkor etish dindan chiqish yo‘li ekaniga ajablanish kerakmi? Yana hadisni muntazam inkor qiluvchilar oxir-oqibat Qur’onni rad etib, Islomni tark etadilar. Buning sababini tushunish oson. Ular hadislarni rad etadilar, chunki ular inson tomonidan yaratilgan mafkuralarni - ssiyentizm, feminizm, liberalizm, materializmni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning so‘zlaridan ustun qo‘yishadi. Ular Islomni bu mafkuralarga moslashtirishga majbur qiladilar va buning imkoni yo‘qligini bilib, Islomni rad etadilar.

Bu yangi narsa emas. Xuddi shunday nuqsonli mentalitet o‘tmishda ham sun’iy falsafani yakuniy haqiqat sifatida ko‘rib, haqiqiy Islomni tark etgan deviant guruhlarda ham kuzatilgan.

Ba’zi musulmonlar o‘z Islomlari hisobiga tutib kelayotgan zamonaviy falsafalar ham sun’iy spekulyativ mafkuralar bo‘lib, oxir-oqibat o‘z tarafdorlari bilan birga tarix axlatiga tashlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hadisni inkor qiluvchilarning ongini zabt etuvchi kasallik