820
Toshkent viloyatida fuqaro uyida 6 kishi uchun qimor va bangixona tashkil qilgani aniqlandi (foto)

Foto: Toshkent viloyati IIBB
Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan «Zarbdor» maxsus profilaktika oyligi o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida xonadonda qimor va bangixona tashkil qilingani aniqlandi.
Jumladan, 22 noyabr kuni soat 01:30 da Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Obihayot» MFYda yashovchi 45 yoshli fuqaro Q.I. vaqtincha yashayotgan xonadonida bir nechta (30–45 yosh oralig‘idagi 6 nafar) fuqaroga pul evaziga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini o‘ynash hamda giyohvandlik moddalari iste’mol qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Foto: Toshkent viloyati IIBB
Voqea joyidan xolislar ishtirokida 108 dona o‘yin kartasi, narda va toshlar, 1 million 548 ming so‘m pul va 5 ta qog‘oz o‘ramda marixuana giyohvandlik moddasi va uni iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan uskuna daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Foto: Toshkent viloyati IIBB
Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan, Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar