
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi “Armug‘on” mahallasi raisi A’zam Qodirov tomonidan fuqaro kamsitilgani hamda kaltaklaganligi haqida videolavha tarqaldi.
Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati bugun ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi. “Armug‘on” mahalla guzaridagi holat bo‘yicha Yakkasaroy tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O.Rixsiboyev, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘i I.Xaitxo‘jayev hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘inining maslahatchisi T.Sayfullayevlar ishitrokida yig‘ilish o‘tkazildi, deyiladi hokimlik telegram kanalida.
A’zam Qodirov o‘zining bajarayotgan vazifasiga nomunosib xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun 2022 yil 28 noyabrdan “Armug‘on” mahallasi raisi lavozimidan ozod qilingani aytilgan.
Tuman hokimligi huquqbuzarga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy tusdagi javobgarlik chorasi qo‘llanish-qo‘llanmasligini ma’lum qilmagan.
Tahririyatdan: hokimlik “...bu holat bajarayotgan vazifasiga nomunosib xatti-harakatlarni amalga oshirgan”, deb hisoblaydi. Biz buni inson nomiga nomunosib xatti-harakat, deb hisoblaymiz. Mahalla raisi shunchalar zo‘rmi? Mahallalarda bunday odamlar uchun alohida daftar ochilib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmaydimi? Savollar ko‘p. Rais ishdan bo‘shadi, vassalom.
Yakkasaroy TumanArmug‘on MahallasiA’zam QodirovMahalla RaisiIjtimoiy TarmoqHuquqbuzar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar