
Hukumatning tegishli qarori loyihasi bilan 2022 yil 19 apreldagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga Qoraqalpog‘istonlik ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlashga oid bandlar qo‘shilmoqda.
Unga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘laridan, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ularga uy sharoitida quyonchilikni tashkil etish uchun subsidiyalar ajratish maqsadi uchun ham foydalaniladi.
Bunda:
- quyon sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha;
- maxsus qafas sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha;
- maxsus ozuqa (yem) sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha subsidiya ajratiladi.
Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar