
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, Islom dini dinlararo nikohlarni qullab-quvvatlamaydi. Islomning umumiy qoidasi shundaki, musulmonlar musulmonlarga uylanishlari kerak. Musulmon erkak yoki ayol musulmon bo‘lmagan erkak yoki ayolga uylanmasligi lozim. Faqat ahli kitoblardan pokiza qizlarga uylanishlari mumkin bo‘lgan musulmon erkaklar bundan mustasno. Har qanday holatda ham musulmon ayol, nasroniy yoki yahudiy e’tiqodidagi ayoldan ko‘ra musulmon erkakka ko‘proq mos keladi.
Buning sababi shundaki, nikoh faqatgina insonning shahvoniy istaklarini bajarishga asoslangan tushuncha emas, balki bu hamjihatlikni talab qiluvchi bir ittifoqdir. Nikoh osoyishtalik, iymon va islom axloqi asosida oila barpo qilishni maqsad qilgan. Bu vazifani bajarish uchun butun oila Allohning yo‘lini qo‘llashi va Uning shariatini yetkazishga harakat qilishi kerak.
Ko‘rinib turibdiki, Islom dini musulmon ayolni e’tiqodiga putur yetkazadigan narsalardan uzoqlashtirish maqsadida musulmon bo‘lmagan kishiga turmushga chiqishini taqiqlagan. Aslida esa islom dinini himoya qilishni maqsad qilgan. Bu maqsadni amalga oshirish uchun musulmonni diniga tahdid soladigan biror narsaga aralashishni taqiqlaydi. Musulmon ayol yahudiy yoki nasroniy eri bilan bo‘lganida o‘z dinini xavfsiz deb hisoblamaydi, ayniqsa ahli kitoblarning aksariyati Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga munosib hurmat ko‘rsatmaydi. Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagicha marhamat qiladi:
“Yahudiylar ham, nasorolar ham ularning millatiga ergashmaguningcha, sendan zinhor rozi bo‘lmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati, ha, o‘shagina hidoyatdir», – deb ayt. Agar o‘zingga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, senga Allohdan (qutqaruvchi) do‘st ham, yordamchi ham yo‘qdir” (Baqara, 120).
Umuman olganda, er oilaning boshlig‘i ekanligini hisobga olsak, musulmon bo‘lmagan er musulmon xotiniga o‘ziga noqulay bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan ba’zi islomiy urf-odatlarni bajarishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, ro‘za tutish, hatto ro‘za vaqtida yaqinlikdan saqlanish. Natijada, u uni dinini o‘zgartirishga majbur qilishi va agar u rad etsa, vaziyat ajralish bilan yakunlanishi mumkin.
Nega Islom musulmon erkakka nasroniy yoki yahudiy ayolga uylanishga ruxsat berganiga kelsak, har bir musulmon Muso va Iso (alayhissalom)ga iymon keltirishi va Allohning barcha payg‘ambarlarini hurmat qilishi aniq. Shunday qilib, musulmon ayolining nasroniy yoki yahudiy bo‘lishidan hech qanday zarar ko‘rmaydi, chunki Islomning boshqa dinlarga nisbatan bag‘rikenglik ruhi uning qalbiga singib ketgan bo‘ladi.
Taniqli musulmon olimi, Shimoliy Amerika Fiqh Kengashi a’zosi Shayx Muhammad al-Hanutiy shunday deydi: “Agar Alloh taolo musulmon ayolni musulmon bo‘lmagan kishiga uylanishini man qilgan bo‘lsa, biz musulmonlar bunga iymon keltirishimiz va bunga rioya qilishimiz kerak. Iymonga kelsak, hamma narsani Alloh farz qilgan yoki uning Rasuli bajarganini qabul qilmagunimizcha musulmon bo‘la olmaymiz".
Qur’oni karimning Hujurot surasida: “Ey iymon keltirganlar! Alloh va Uning Rasuli oldida o‘zingizni oldinga qo‘ymang...”, deya marhamat qilinadi.
Agar g‘ayridinga uylanmaslikning foydalari haqida so‘rasangiz, sizga ko‘p sabablarni sanashimiz mumkin. "Erkak o‘z uy xo‘jaligining boshqaruvchisidir. U musulmon xotinini ko‘p ishlarni qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bundan tashqari, nikoh yaxshi islomiy hayotga ega bo‘lishimiz uchun bir muassasadir. Allohni rozi qilish bizning birinchi raqamli maqsadimiz. Agar ayol musulmon bo‘lmagan kishiga turmushga chiqadigan bo‘lsa, ehtimol, u faqat ro‘zg‘or xizmatchisiga aylanib qoladi."
Bu masalaga kengroq oydinlik kiritish maqsadida taniqli musulmon olimi shayx Yusuf Qarzoviyning mashhur “Islomda halol va harom” kitobidagi “Ahli kitobdan bo‘ladimi yoki yo‘qmi, musulmon bo‘lmagan kishiga uylanish haromdir”, degan so‘zlarini keltirmoqchiman. Alloh taoloning: “... (qizlaringizni) iymon keltirmagunicha mushriklarga turmushga bermang...” (Baqara, 120). “Ey mo‘minlar, ularni kofirlarga qaytarmang. Ularga (xotin sifatida) ruxsat berilmagan va ularga (er sifatida) ruxsat berilmagan” (Mumtahana, 10)", degan so‘zlarini zikr qilish mumkin.
Ahli kitoblar uchun istisno qiladigan hech qanday matn yo‘q. Demak, yuqoridagi oyatlarga asoslanib, musulmonlar orasida bu taqiq haqida ijmo mavjud. Shunday qilib, musulmon erkak nasroniy yoki yahudiy ayol bilan turmush qurishga ruxsat berilgan bo‘lsa, musulmon ayol nasroniy yoki yahudiy erkakka turmushga chiqishi mumkin emas. Bu farqning ko‘plab asosli sabablari bor.
Birinchidan, erkak oila boshlig‘i, oilani saqlaydigan va xotini uchun mas’uldir. Islom musulmonning nasroniy yoki yahudiy xotiniga e’tiqod va amal qilish erkinligini kafolatlagan bo‘lsa, uning huquqlarini o‘z e’tiqodiga ko‘ra himoya qilsa, boshqa dinlar, masalan, yahudiylik va nasroniylik, boshqa e’tiqodli ayolga e’tiqod va e’tiqod erkinligini kafolatlamaydi va uning huquqlarini himoya qilmaydi.
Shunday ekan, Islom dini muslimalarning kelajagini qanday qilib o‘z dinini hurmat qilmaydigan, haq-huquqlarini himoya qilishni o‘ylamaydigan odamlarning qo‘liga berib qo‘yishi mumkin? Turli e’tiqodli erkak va ayol o‘rtasidagi nikoh faqat erning xotinining e’tiqodiga bo‘lgan hurmatiga asoslanishi mumkin. Aks holda yaxshi munosabatlar hech qachon rivojlana olmaydi. Endi musulmon kishi garchi keyinchalik ularda buzilishlar ro‘y bergan bo‘lsada, yahudiylikni ham, nasroniylikni ham ilohiy din deb hisoblaydi.
Shuningdek, u Alloh taolo Muso alayhissalomga Tavrotni, Isoga Injilni nozil qilganiga, Muso ham, Iso alayhissalom ham Allohning elchilaridan bo‘lganiga ishonadi. Shunga ko‘ra, musulmonning nasroniy yoki yahudiy xotini o‘z e’tiqodining asosiy qoidalarini, Kitobini va payg‘ambarlarini hurmat qiladigan erkakning himoyasi ostida yashaydi, bundan farqli o‘laroq, yahudiy yoki nasroniy Islomning ilohiy din ekanligini, kitobi yoki payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tan olmaydi.
Ushbu holatda qanday qilib muslima ayol bunday erkak bilan yashay oladi, holbuki, uning dini undan ma’lum ibodatlar, burch va farzlarga rioya qilishni hamda ma’lum taqiqlarni talab qiladi? Musulmon ayol har qadamda oila rahbari tomonidan bu borada qarshilikka uchrasa, o‘z e’tiqodiga hurmatini saqlab qolishi va dinini to‘g‘ri bajarishi mumkin bo‘lmasa?
Bundan ma’lum bo‘ladiki, islom musulmon erkakning mushrik ayolga uylanishini taqiqlashda o‘ziga yarasha sabablar bor, chunki Islom shirkka mutlaqo qarshi bo‘lganligi sababli, bunday holatda o‘zaro bir-birlariga muhabbat va hurmat ko‘rsatib birga yashashning mumkin emasligi aniq".
Abdulqodir Mahmud
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar