17:28 / 03.12.2022
1 391

Angren shahar hokimi sobiq yordamchisi miltiq bilan o‘z joniga qasd qildi

Angren shahar hokimi sobiq yordamchisi miltiq bilan o‘z joniga qasd qildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
4 nafar farzandning otasi bo‘lgan marhum bor-yo‘g‘i bir oy muddat hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kun.uz'ning prokuraturadagi manbasiga ko‘ra, holat kecha, 2 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Angren shahar hokimi yordamchisi lavozimida ishlagan Behzod Nazarov o‘qotar qurol (miltiq) bilan o‘ziga o‘q uzib, joniga qasd qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, oktabr oyi oxirida hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan marhum 30 noyabr kuni o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. 4 oy oldin uning otasi vafot etgan. U otasidan ayrilgach tushkunlikka tushib qolgan.

Sobiq hokim yordamchisining o‘limida hech qanday sabab va shubhali holatlar yo‘qligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat