15:23 / 04.12.2022
2 250

«Ummon» guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)

«Ummon» guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)
«Ummon» guruhining sobiq xonandasi Shoxruh hamkasbi, yaqin do‘sti Zohid Risqiyevning komadan chiqqanini ma’lum qildi.

Xonanda bu haqda Instagram'dagi sahifasida ma’lum qilgan va Zohid Risqiyevni duo qilgan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirgan.

- "Yangilikni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman, o‘rtog‘im Zohid ko‘zini ochdi. Hammasi yaxshilikka, sizlarning duolaringiz va Allohning irodasi bilan barchasi yaxshi tomonga o‘zgardi.

Unga qaragan barcha shifokorlarga minnatdorchiligimni aytmoqchiman. Nasib bo‘lsa o‘rtog‘im bilan birga chiqish nasib etsin.

Hammaga rahmat, yonida birga bo‘lgan ayoli va onasiga o‘z rahmatimni aytaman. Men uchun katta yangilik bo‘ldi
", — deydi xonanda.

Ma’lumot uchun, «Ummon» guruhi xonandasi Zohid Rizqiyev 30 sentyabr kuni dahshatli avariyaga uchragan edi. U BMW avtomashinasida katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan. Uning yonida Sunnat ismli yaqin do‘sti bo‘lgan va u voqea joyida vafot etgan edi. Xonanda 2 oydan ortiq vaqt davomida komada bo‘ldi. Bundan tashqari, xonanda o‘ziga kelganidan keyin jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ham ma’lumot berilgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat