20:49 / 05.12.2022
1 316

Binosi xatlanganidan so‘ng tadbirkor kredit qarzini to‘liq to‘ladi

Binosi xatlanganidan so‘ng tadbirkor kredit qarzini to‘liq to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 20.09.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “X.P.O” MCHJdan undiruvchi AT “Xalq banki” foydasiga jami 267.841.953 so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish hamda undiruvni garovdagi mulkka qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Xiva shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida kredit shartnomasiga asosan garovga qo‘yilgan 1.204 kv.metr yer maydonida joylashgan “Maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi” binosi ro‘yxatga olinib, xatlandi.

Qarzdor jamiyat vakillariga qarzdorlik bartaraf etilmasa, mulk sotuvga qo‘yilishi yuzasidan ogohlantirish berildi.

Shundan so‘ng, “X.R.O” MCHJ 267.841.953 so‘m miqdordagi kredit qarzdorligini to‘liq bartaraf etdi va ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat