
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg—Toshkent va Sankt-Peterburg—Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgan edi. Uzbekistan Airports ushbu qatnovlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17 dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo reys 16 dekabrdan 20 dekabrga ko‘chirildi.
“Aeroflot” — Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing