
Toshkent shahridagi bir necha tadbirkorlik subyektlariga kirib, o‘zlarini «Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi (SES) xodimimiz» deya tanishtirib kelayotgan holatlar kuzatilayotgani aniqlangan.
Soxta «SES» xodimlari «bir yil davomida dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini amalga oshirib beramiz, shu bilan birga sizlarni yil davomida hech qanday tekshiruvchi kelib bezovta qilmaydi» degan vaj bilan soxta hujjatlarni ko‘rsatib, tadbirkorlarni aldab, pul undirib kelishgan.
Sanepidxizmat Matbuot xizmati aholi hamda tadbirkorlarni ogohlantirib, avvalo zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan:
- xizmat guvohnomasi;
- qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;
- zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishga asos so‘rashga haqli ekanini eslatmoqda.
Talab qilingan ma’lumotlarni berishdan bo‘yin tovlagan firibgarlarg haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqamiga yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berish so‘ralmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar