Ayolning hech qachon erkakka aytmasligi lozim bo‘lgan gaplari

Erkak va ayol o‘rtasida aytilishi taqiqlangan gaplar u darajada ko‘p emas, sevgan insoningizga aynan qaysi gapni aytish qat’iyan man etilganini bilasizmi? Unda tanishing, “Aif.ru” nashri sizni ular bilan tanishtiradi, deyiladi "Darakchi" nashrida.
1. Hech qachon ilgari yoqtirgan odamingiz haqida so‘z ochmang
Hech qachon sevgan odamingizga birinchi muhabbatingz, ilgari kimnidir yoqtirganingiz haqida gapirmang. Har doim “faqat sizni sevganman, sizdan boshqa hech kim menda bunday taassurot uyg‘otmagan” deb aytishdan charchamang. Erkak kishi eshitgan narsasini unutib yubormaydi, unga ishonib aytgan gapingiz o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga unga “Mendan oldin kimni sevgansiz?”, “U qanaqa edi?” degan savollarni bermang. Qancha kam bilsangiz, shuncha xotirjam uxlaysiz.
2. Uning obro‘sini to‘kib, erga urmang
Erkak sha’niga tegadigan gaplarni gapirishdan tilingizni tiying. Janjallashgan paytlarda uning jahlini chiqarish uchun og‘zingizga kelgan gapni gapirishdan tiyiling. U sizga buni aytmasa-da, hech qachon gaplaringizni unutmaydi. Buni kamchilik sifatida qabul qilib, o‘zida aynan sizning haqoratlaringiz asosidagi xususiyatlarni dunyoga keltiradi.
3. “Xiyonat qildim” deb aldamang
Sevgan insoningizning jahlini chiqarish, rashk qildirish uchun “xiyonat qildim” deb aldamang. Erkak kishi sizning yolg‘onlaringizga ishonishi mumkin. U hech qachon xiyonatni kechirmaydi, unutmaydi. Kelajakda ro‘y beradigan arzimas janjalda ham sizga tez-tez “xiyonatkorligingizni” eslatib turadi.
4.Onasi haqida yomon gap gapirmang
Bu ham taqiqlangan mavzulardan biridir. Qaynonagiz bilan munosabatlaringiz qanchalik yomon darajada bo‘lmasin, bu haqda eringizga bildirmang. Uning o‘zi onasini yomonlagan taqdirda ham siz qo‘shilmang, bunga sizning haqqingiz yo‘q.
5. Hadeb noliyvermang
Ayol qanchalik ko‘p nolib, shikoyat qilaveradigan bo‘lsa, erkak undan uzoqlashib boraveradi. Hamma narsaning o‘z o‘rni va joyi bor. Agar gapingiz ichingizga sig‘may ketayotgan bo‘lsa, eringizga bir marta gapirib ko‘ring. Har kuni yaraga tuz sepib, ming‘irlagandan ko‘ra, bir marta qattiq gapirgan afzal. Shunda ham eringizning qorni to‘q, ishdan charchab kelmagan paytda gap boshlang. O‘zingizga yoqmagan holatni, baqirmasdan, xotirjam ohangda tushuntirishga harakat qiling. Diplomat bo‘lishga intiling.
6.Erkakni kam pul topishda ayblamang
Erkakka “Siz bo‘shang, lattasiz! Shuning uchun topish-tutishingizning tayini yo‘q”, degan gaplarni aytishdan o‘zingizni tiying. Agar butun ro‘zg‘or tashvishi ayolning bo‘ynida bo‘lsa, bunga uning o‘zi aybdor. Ayol to‘ydan ilgari kimga turmushga chiqayotganini yaxshi bilgan, bu erda erkakning aybi yo‘q. Janjal-to‘polon bilan erkakni superqahramonga aylantirishning iloji yo‘q. Bekorga xalqimiz “Erni er qiladigan ham xotin, qora er qiladigan xotin” demagan. Vaziyatni yotig‘i bilan tushuntirib, u bilan birga qaror qabul qilishga harakat qiling. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing