
O‘zbekiston Afg‘onistondagi Hayraton—Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati buni rad etdi.
Ma’lum qilinishicha, 5—6 dekabr kunlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari o‘rtasida 2023 yilga mo‘ljallangan Hayraton—Mozori-Sharif temir yo‘l uchastkasidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida bayon qilindi, lekin ommaviy axborot vositalarining e’tiboridan chetda qoldi.
Muzokaralar yakunida Afg‘oniston hududidagi temir yo‘llarga xizmat ko‘rsatish (ekspluatatsiya)da ishtirok etish uchun afg‘onistonlik mahalliy texnik xodimlarini bosqichma-bosqich jalb qilish bo‘yicha amaldagi shartnomani uzaytirish va yo‘l xaritasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
«Shuni alohida ta’kidlash kerakki, joriy yilning aprel oyida ham Afg‘onistondagi temir yo‘l uchastkasiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qator OAVlar tomonidan asossiz ma’lumotlar tarqatish holatlari bo‘lgan. Holat yuzasidan Afg‘oniston temir yo‘llari rahbari B.Sharafat rad etgan edi. Jumladan, Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda janob M.Sharafat bunday bayonotlar bo‘lmaganligini ma’lum qildi va O‘zbekistonning 'Sogdiana Trans' SHK bilan muvaffaqiyatli hamkorlik to‘g‘risida ingliz tilida tegishli intervyu ham berdi», — deyiladi xabarida.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati Afg‘oniston bilan hamkorlik haqida kelgusida ham axborot berib borishini bildirib, axborot olishda rasmiy va tasdiqlangan manbalardan foydalanishga chaqirdi.
O‘zbekiston Temir Yo‘llariAfg‘oniston Temir Yo‘lMuzokaralar YakuniTexnik XizmatHamkorlik HaqidaOAVlar Ma’lumotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar