19:09 / 10.12.2022
1 164

Qarzdorlik garovga qo‘yilgan “Lacetti” avtomashinasiga qaratilishi mumkin edi...

Qarzdorlik garovga qo‘yilgan “Lacetti” avtomashinasiga qaratilishi mumkin edi...
O‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida olingan bank kreditni o‘z vaqtida qaytara olmayotganlarga belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Ayniqsa, qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan tegishli choralardan natija chiqmaganidan so‘ng, sudning qarz undiruvini garovdagi mulkka qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ham tegishli ijro harakatlari olib borilmoqda.

Xususan, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 12.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “S.G.S” MCHJdan undiruvchi ATB Agrobank G‘allaorol filiali foydasiga 751 mln. so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ijro hujjatining ijrosini ta’minlamagan.

Shu sababli, garovga qo‘yilgan qarzdorga tegishli 1 turdagi 2018 yilda ishlab chiqarilgan “Lacetti” rusumli avtomashinaga qaratish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan 190 mln so‘m mablag‘ qarzdorlik evaziga undirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlik garovga qo‘yilgan “Lacetti” avtomashinasiga qaratilishi mumkin edi...