14:30 / 11.12.2022
1 481

Energetika vazirligi Olmaliq g‘isht zavodi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi

Energetika vazirligi Olmaliq g‘isht zavodi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi
Foto: Energetika vazirligi matuot xizmati
Olmaliq shahridagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi gazdan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgan edi. Energetika vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, «Olmaliq g‘ishtchi» MCHJga qarashli g‘isht zavodi 2022 yil 29 noyabr kuni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun gaz ta’minotidan uzilgan. Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan ta’minlash zarurati tufayli tabiiy gazdan foydalanishni vaqtinchalik taqiqlash doirasida ushbu korxonani tarmoqdan uzish belgilangan tartibda amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida ishchi guruh tomonidan mazkur xo‘jalik subyekti keyinchalik mahalliy gaz ta’minoti tashkiloti ko‘magida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. O‘tgan davr mobaynida g‘isht zavodi tomonidan 118 282 metr kub tabiiy gaz noqonuniy foydalanilib, 118 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan 9 dekabr kuni «Olmaliq g‘ishtchi» MCHJ va «Olmaliqshahargaz» filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent viloyati prokurori gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan g‘isht zavodini o‘chirmaslikni so‘radi» mazmunidagi xabarlar ham tarqalgandi. Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, viloyat gaz ta’minoti tashkiloti rahbari prokuraturaga mazkur korxonaning faoliyat yuritishi zarurati to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, buni ma’lum eksportchilar ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohlagan va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aniqlangan faktlar yuzasidan unga nisbatan ham tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, blogerlardan Olmaliq g‘isht zavodidagi vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish va rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.

Ayni paytda Energetika vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan yaqin hamkorlikda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq barcha aniqlangan faktlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda
», — deyiladi vazirlik xabarida.

Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham Olmaliq g‘isht zavodi bilan bog‘liq vaziyat haqida to‘xtalib o‘tilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energetika vazirligi Olmaliq g‘isht zavodi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot berdi