BAAda turmush o‘rtog‘ining telefonini ruxsatsiz tekshirganlik uchun ham jinoiy javobgarlikka tortish belgilab qo‘yildi

Shaxsiy daxlsizlik va maxfiylik to‘g‘risidagi qonunni mustahkamlovchi BAA Federal jinoyat kodeksiga binoan er-xotinlar ruxsatsiz ravishda bir-birlarining telefonlarini tekshirgani uchun uch oy qamoq va 3000 dirhamdan 5000 dirhamgacha (810-1360 dollar) jarimaga tortish jazosi belgilanadi.
Advokat Muhammad Al Ovais BAAda hatto qonun buzuvchi va jabrlanuvchi rasmiy nikohda bo‘lishlariga qaramasdan, qonun shaxsiy hayotni himoya qilishi hamda uni buzishga uringanlarni jinoiy javobgarlikka tortishini tasdiqladi. U misol tariqasida erining telefonidan yuklab olingan va uning xiyonatini isbotlaydigan suratlar, qo‘ng‘iroqlar va xabarlarni ro‘kach qilib ajrimga ariza bergan ayol haqida so‘zlab berdi. Sud erining ruxsatisiz telefonini tekshirgani uchun ayolni jarimaga tortgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing